NYT: sentabr Rossiya Qurolli Kuchlari uchun eng halokatli oy bo‘ldi
AQSh va Britaniya tahlilchilari hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari o‘tgan oy kuniga 1,2 ming harbiy xizmatchisidan ayrilgan.
Sentyabr Ukrainadagi rus qo‘shinlari uchun eng halokatli oy bo‘ldi. Bu haqda AQSh armiyasining yuqori martabali vakiliga tayanib, The New York Times (NYT) gazetasi xabar berdi. Shu bilan birga, nashr suhbatdoshi rossiyalik harbiylarning yo‘qotishlariga oid aniq ma’lumotlarni ochiqlamagan.
Qayd etilishicha, AQSh va Britaniya tahlilchilari hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari kuniga 1,2 ming harbiy xizmatchisidan ayrilgan — bu may oyida o‘rnatilgan maksimal ko‘rsatkich atrofida. Ukrainada urush boshlanganidan beri Rossiya 600 mingdan ortiq harbiy xizmatchisini yo‘qotgan. Ularning 115 ming nafari o‘ldirilgan va 500 ming nafari yaralangan.
AQSh, shuningdek, Ukraina tomoni ham katta yo‘qotishlarga duch kelganini prognoz qilmoqda. NYT suhbatdoshlaridan biri Ukraina Qurolli kuchlari tarkibida bo‘lgan 57,5 ming harbiy xizmatchi o‘ldirilgani va 250 mingdan ortig‘i yaralanganini aytgan.
Shunga qaramay, Rossiya 25-30 ming nafar yangi askarlarni jalb etmoqda — taxminan yana xuddi shunchasi jang maydonini tark etmoqda. Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiya armiyasiga qo‘shinlarni Ukraina mudofaa pozitsiyalariga qayta va yana qayta yuborish imkonini beradi.
BBC rus xizmati «Mediazona» va volontyorlar jamoasi bilan birga 11 oktyabr kuni urush boshlanganidan beri qariyb 73 ming rossiyalik harbiy xizmatchi halok bo‘lganini hisoblab chiqdi.
Avvalroq Rossiya armiyasidan Qozog‘istonga qochgan 6 nafar dezertir Yevropa vizasini olgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Rossiyalik dezertirlarga Yevropaga ketish imkoniyatini qo‘lga kiritishlarida qozog‘istonlik faollar, shuningdek, inson huquqlari himoyachilari yordam ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
13:12
Kursk oblastida yashovchi 46 kishi Ukrainadan qaytib keldi
11:31
AFP: Ukraina Kursk oblastidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
07:54
Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
20:12 / 22.11.2024