Yakkasaroy tumanidagi ayrim ko‘chalarda transport harakati qisman cheklanadi
Yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan Bobur va Shota Rustaveli ko‘chasining kesishmasidan Seul ko‘chasigacha to‘rt chiziqli yo‘lning ikki chizig‘ida harakat cheklanadi, avtotransport oqimi esa qolgan ikki chiziqqa yo‘naltiriladi. Bu 16 oktyabrdan 15 noyabrgacha davom etadi.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ ma’lum qilishicha, Toshkent shahar Shayxontohur tumani hududidagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash uchun Yakkasaroy tumanining Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari bilan kesishmasidan Seul ko‘chasi bilan kesishmasigacha 110 kV yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlari o‘tkazilishi rejlashtirilgan.
Shu sababli 16 oktyabr kunidan 15 noyabrgacha Bobur ko‘chasining ushbu qismida to‘rt chiziqli yo‘lning ikki chizig‘ida harakat cheklanadi, avtotransport oqimi esa qolgan ikki chiziqqa yo‘naltiriladi.
Toshkent shahar hokimligi ushbu noqulayliklar uchun uzr so‘rab, yuzaga kelishi mumkin tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
Mavzuga oid

23:57 / 17.03.2025
Akmal Shukurov Qozog‘istonda ushlandi

13:46 / 17.03.2025
Toshkentda tanishini himoya qilishga uringan shaxs kuchli zarbadan so‘ng komaga tushib qoldi

19:57 / 17.02.2025
Toshkentning Glinka ko‘chasida ko‘p qavatli biznes markazi qurilishi mumkin

16:44 / 12.01.2025