O‘zbekiston | 18:35
5409
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi Miran mehmonxonasi hududida yong‘in chiqdi

16 oktyabr kuni Toshkent shahri Mirobod tumanida jiddiy yong‘in chiqdi. FVV matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, soat 17:17 da Shahrisabz ko‘chasida, qurilish olib borilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 17:24 da voqea joyiga yetib borib, yong‘inni o‘chirish ishlari boshlangan.

Voqea joyiga Toshkent shahar FVB va Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyatidan ma’sullar chiqqan.

Guvohlar tomonidan olingan videolarda Miran mehmonxonasi joylashgan binoning tom qismi yonayotgani aks etgan.

Hozirda ushbu manzilda tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

UPD: FVV voqea joyiga 14 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, yong‘in soat 18:19 da qurshab olingani va soat 19:16 da bartaraf etilganini ma’lum qildi.

Mavzuga oid