Turkiyada "O‘zbek tili tadqiqotlari markazi" ochiladi
O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Turkiyaning Karabyuk universitetida bo‘ldilar.

Foto: "Dunyo" AA
Tashrif davomida universitet prorektori, professor Imoil Karash bilan muzokara o‘tkazildi. Unda Karabyuk universiteti huzurida "O‘zbek tili tadqiqotlari markazi"ni ochish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Prorektor Imoil Karash bugungi kunda mazkur oliy ta’lim muassasasida 10 mingdan ziyod xorijiy talaba tahsil olayotganini ma’lum qildi va o‘zbekistonlik talabalarning o‘rni muhim ekanligini bildirdi. Mamlakat talabalari o‘qish jarayonida yuqori ko‘rsatkichlarga erishib, universitet ijtimoiy hayotida ham faol ekanligi mamnuniyat bilan qayd etildi.
"O‘zbekiston rahbariyatining xorijiy mamlakatlarda o‘zbek tili markazlarini ochish bo‘yicha sa’y-harakatlari qo‘llab-quvvatlaymiz. O‘zbek tili va adabiyotiga bo‘lgan yuqori qiziqishni inobatga olib, universitetimiz huzurida "O‘zbek tili tadqiqotlari markazi"ni ochishga qaror qildik. Yaqin kelajakda markazning tantanali ochilish marosimini o‘tkazamiz", - dedi Imoil Karash.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

10:24 / 26.03.2025
Varshava universitetida o‘zbek tilini o‘qitish tizimi joriy etiladi

15:43 / 25.03.2025
Turkiyada Erdo‘g‘an erasi va Imomo‘g‘li omili – siyosatshunoslar nigohida

09:34 / 25.03.2025
Turkiyadagi namoyishlar: 1100 dan ortiq kishi qo‘lga olindi

20:30 / 24.03.2025