Jahon | 22:49 / 28.10.2024
14803
3 daqiqa o‘qiladi

NATO KXDR askarlariga qarshi nima qilmoqchi?

Rossiya-Ukraina urushi fonida KXDR askarlarining jang maydonida mavjudligini tasdiqlashi bilan hayratlanarli tus oldi. G‘arb bu borada biror qarorga kelmagan. NATO Pyongyangning Ukrainadagi ishtirokiga qarshi qanday qaror qabul qiladi?

Kun.uzʼning «Geosiyosat» dasturida tahlilchilar Shuhrat Rasul, Kamoliddin Rabbimov va Abduvali Soyibnazarov mavzuni muhokama qildi.

KXDRning Ukrainaga Rossiya tomonda urush olib borish uchun harbiy yuborishiga nima deysiz?

Abduvali Soyibnazarovning ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya askarlari Rossiya qo‘shini tarkibida urush olib borishi Rossiya singari katta imperiya uchun sharmandali holat. Ammo tahlilchi hozirgacha Shimoliy Koreya askarlaridan birortasi Ukraina tomonidan asirga olinmagani va 1 noyabrdan shimoliy koreyalik askarlar jang maydoniga jalb etilishi mumkinligini aytib o‘tadi. Shuningdek, siyosatshunos KXDR askarlari urushdan keyingi tiklash jarayoniga jalb qilinishi mumkin degan fikrni ham keltiradi.

«Shimoliy Koreya askarlari Rossiya g‘arbiga yuborilishi Rossiyaga bo‘lgan agressiya ta’sirida bo‘lishi mumkin. Ya’ni, bu askarlar Kurskka yuboriladi va urush jarayoniga jalb qilinadi. Ammo NATO qo‘shini Rossiya sarhadlariga hujum qilishi bu – qiyin masala, chunki G‘arbning Ukrainaga yordam kuchlarini yuborishiPutinning jahlini chiqarib, yadro quroli bilan tahdid qilishiga olib kelgan edi. Bu jarayonning avj olishini xohlamagan G‘arb Ukrainaga yuborayotgan yordamini anchagina kamaytirgan. Frontdagi vaziyatning Rossiya foydasiga ishlashi shundan bilinadi»,

Abduvali Soyibnazarovning fikrlariga qarshi holda frontda bo‘lib o‘tayotgan voqealarni Shuhrat Rasul quyidagicha izohlaydi: «6 nafar Shimoliy Koreya askarlari Ukrainaga asirga tushgan va buni butun dunyo OAVda uchratish mumkin. Ahvol shunday davom etar ekan, NATO boshchiligida harbiy alyans tuzilishi va Kursk ostonasiga olib kirilishi muqarrar masala bo‘lib turibdi. Bu esa geosiyosatda ahvolni yanada murakkablashtiradi, hatto 3-jahon urushi boshlanishi ham mumkin. Janubiy Koreya va Yaponiya ham bu jangga qo‘shilishi mumkin. Bilamizki, bu ikki davlatning harbiy, iqtisodiy qudrati kuchli 10 talik davlatlar ichida turadi. Shimol esa doimiy yadro tahdidi bilan dunyo hamjamiyatini vahimaga solishi aniq», — deydi Soyibnazarov.

G‘arb KXDR harbiylari Ukrainada mavjudligini tasdiqladi, lekin alyans qanday chora ko‘radi?

Kamoliddin Rabbimov bu jarayonga ko‘riladigan chora Amerikadagi saylov prizmasidan qaralib belgilanadi, degan fikrni keltiradi.

Shuningdek, tahlilchi NATO va Janubiy Koreya tomonidan berilgan bayonotda Shimoliy Koreya askarlari Rossiyadagi jang maydoniga tortilishi aniq ekanini aytib o‘tadi. Kim Chong In esa Rossiyadagi urush jarayonidan foydalanib, Janubiy Koreya bilan ham aloqalarni uzayotgani va quyushqondan chiquvchi turli harakatlarni bajarayotgani haqida ham aytib o‘tiladi.

NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlashdi.

Mavzuga oid