1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
Toshkent viloyatining Angren shahrida 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
Holat “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida ma’lum bo‘lgan.
A.C.I. MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan. Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 111 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Mavzuga oid

09:54 / 11.05.2025
Samarqandda AYoQShda sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni ortdi

15:20 / 01.05.2025
Gaz quyish shoxobchalarida metan narxi 5200 so‘mgacha qimmatlashdi

19:43 / 25.03.2025
Namangandagi metan zapravkada Damas yonib ketdi

05:29 / 11.03.2025