O‘zbekiston | 15:24 / 07.11.2024
12090
1 daqiqa o‘qiladi

Birjaga chiqarilayotgan propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan cheklov o‘rnatildi

Raqobat qo‘mitasi birjaga chiqarilayotgan propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan 20 foizlik spred (cheklov) o‘rnatdi. Ushbu yoqilg‘i narxi oxirgi 5 oy ichida qariyb 2 barobargacha qimmatlashib ketgandi. 

Foto: Yandex Maps

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Respublika tovar-xomashyo birjasida propan narxining yuqori chegarasini belgiladi. Bu haqda bir nechta bozor ishtirokchilariga tayanib Spot xabar berdi.

Qayd etilishicha, qo‘mitaning 5 noyabrdagi topshirig‘iga ko‘ra, chorshanba kunidan boshlab suyultirilgan gaz uchun boshlang‘ich narxiga nisbatan 20 foiz miqdorida cheklov (spred) joriy etilgan.

Ushbu qaror narxlarga sezilarli ta’sir qila boshlagan. Xususan, 6 noyabr kungi savdolarda propanning o‘rtacha narxi tonnasiga 1,2 mln so‘mdan ko‘proqqa pasayib, 8,9 mln so‘mgacha arzonlashgan.

Avvalroq, 5 iyundan 5 noyabrgacha bo‘lgan davrda birja savdolarida propanning 1 tonnasi 5,3 mln so‘mdan 10,2 mln so‘mgacha yoki 91,4 foizga oshgani xabar qilingandi

Mavzuga oid