Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 21 ming migrantni noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar qo‘lga olindi
Gumondorlar Sankt-Peterburg hududiga kelgan chet el fuqarolarini topib, ularni qabul qiluvchi tomon sifatida faoliyat yuritmayotgan korxona ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda migratsiya uchun soxta ro‘yxatdan o‘tkazgan, shuningdek, patent bergan.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri politsiyasi noqonuniy migratsiyani tashkil etishda gumon qilingan mahalliy aholi va bir guruh shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg shahri bo‘yicha bosh tergov boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, jinoiy guruh tuzgan gumonlanuvchi 21 mingdan ortiq migrantni soxta manzilda ro‘yxatga olgan.
«Tergov shuni aniqladiki, gumondor o‘z sheriklari bilan birgalikda jinoiy reja tuzib, pul mukofoti evaziga chet el fuqarolarini soxta manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazgan va patent rasmiylashtirgan. Shuningdek, ular faoliyat yuritmayotgan korxonani topib, uning ma’lumotlarini migrantlarning kelishi to‘g‘risidagi bildirishnoma blankasida ko‘rsatgan», deyiladi boshqarma xabarida.
Ta’kidlanishicha, gumondorlar Sankt-Peterburg hududiga kelgan chet el fuqarolarini topib, ularni qabul qiluvchi tomon sifatida korxona ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda migratsiya uchun soxta ro‘yxatdan o‘tkazgan, shuningdek, patent bergan. Ular ko‘rsatilgan noqonuniy xizmatlar uchun pul mukofoti olgan.
Oktyabr oyida Rossiyada noqonuniy migratsiyani tashkil qilganlik uchun jazo kuchaytirilgan edi. Bu 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va 3 milliondan 5 million rublgacha jarima bilan jazolanishi mumkin bo‘lgan o‘ta og‘ir jinoyat sifatida tasniflangan.
Yashash joyi bo‘yicha soxta propiska qilish va chet el fuqarosini soxta ro‘yxatga olish uchun ham jazo 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutadi.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025