Jamoat transportiga ajratilgan yo‘lakdan harakatlanish qoidalarini buzganlar uchun jarima joriy qilinmoqda
Deputatlar ko‘rib chiqishi uchun tayyorlanayotgan loyihaga ko‘ra, ushbu harakatni birinchi marta sodir etganda – BHMning 3 baravari (1 mln 125 ming so‘m) miqdorida, bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa – BHMning 5 baravari miqdorida jarima belgilanishi mumkin.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida mas’ul qo‘mita tomonidan jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiyalari muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qonun loyihasiga asosan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda. Ushbu harakatni birinchi marta sodir etganlik uchun – BHMning 3 baravari (1 mln 125 ming so‘m) miqdorida, bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa – BHMning 5 baravari miqdorida (1 mln 875 ming so‘m) jarima belgilanmoqda.
Qonun loyihasi — Oliy Majlisning ikkala palatasi tomonidan tasdiqlanib, prezident imzolagach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
13:24 / 28.11.2024
“Samarqandni odamlar shahriga aylantirishimiz kerak, hozir mashina-shaharga aylangan” - Turdimov
21:02 / 26.11.2024
Toshkent shahridagi ayrim avtobuslar harakati yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartiriladi
22:10 / 25.11.2024
1 yanvardan Toshkent jamoat transportida naqd shakldagi to‘lovlar uchun yo‘lkira narxi oshishi kutilmoqda
18:04 / 18.11.2024