Elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi
Soliq qo‘mitasining katta hajmli ma’lumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga ko‘chirilayotgani bois 7 dekabrdan 10 dekabrga qadar elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati cheklanadi.
Soliq qo‘mitasining katta hajmli ma’lumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilish jarayoni davom etmoqda, deb xabar beradi qo‘mita matbuot xizmati.
Shu munosabati bilan, 2024 yil 7 dekabr soat 00:00 dan 10 dekabr soat 06:00 ga qadar ayrim axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi.
Xususan:
- Elektron hisobotlar;
- ERI;
- EHF (7-8 dekabr kunlari);
- Notarial idoralari tomonidan fuqarolik holati bo‘yicha ma’lumot qabul qilish;
- korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish;
- mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi (tasnif.soliq.uz);
- fiskal ma’lumotlar operatori bilan bog‘lanishlar;
- elektron murojaatlar va boshqa xizmatlarda uzilishlar kuzatiladi.
«Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr va noyabr oxirlarida ham Soliq qo‘mitasi katta hajmdagi ma’lumotlar yangi serverlarga migratsiya qilinayotgani sabab besh kunga onlayn NKT cheklarini tahrirlash imkoniyati vaqtinchalik cheklagandi.
Mavzuga oid

11:39 / 05.05.2025
Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

21:57 / 26.04.2025
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi

20:09 / 01.04.2025
2027 yildan boshlab san’atkorlardan daromad solig‘i majburiy undiriladi – Soliq qo‘mitasi

19:00 / 17.03.2025