Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maxsus iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlari tugatiladi
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan "Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonunga maxsus iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlarini tugatib, ularning vazifalarini maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalarining zimmasiga yuklatishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, qonunda maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish muddatlarini maqbullashtirish va investitsiya loyihalarining biznes-rejalari yoki texnik-iqtisodiy asoslariga ekspertiza xulosalari olish talabi bekor qilinib, loyihalarning belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinishi haqidagi normani belgilash nazarda tutilmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid
14:29 / 17.03.2025
Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi
17:59 / 06.03.2025
“Namangan” maxsus eksport zonasi tashkil etiladi
08:10 / 25.09.2024
Kasbiy malaka respublika kengashiga bosh vazir raislik qiladi
07:40 / 12.09.2024