Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston migratsiya yo‘nalishida Serbiya bilan hamkorlik o‘rnatadi
Lissabon shahrida O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Lissabon shahrida (Portugaliya) o‘tkazilayotgan Tsivilizatsiyalar alyansining 10-forumi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev va Serbiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nikola Stoyanovich o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqotda ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish, iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish va madaniy-gumanitar sohada o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladilar.
Migratsiya masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qonuniy migratsiyani rag‘batlantirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025