Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi gaz zapravkada yong‘in sodir bo‘ldi
Suyultirilgan gazni sig‘imga to‘kib olish jarayonida texnologik jarayonlar buzilgan va oqibatda yong‘in kelib chiqqan.
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida avtomobillarga suyultirilgan va siqilgan gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 11 dekabr kuni soat 21:00 da Past Darg‘om tumani Go‘zalkent qo‘rg‘onida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan va siqilgan gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar berilgan.
Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, ular voqea joyiga soat 21:27 da yetib borib, yong‘in soat 21:50 da to‘liq bartaraf etilgan.
Aniqlanishicha, shoxobchada suyultirilgan gaz (propan) yoqilg‘isini sig‘imga to‘kib olish jarayonida texnologik jarayonlar buzilgan va vintelda gazning lokal yonishi sodir bo‘lgan.
Yong‘in oqibatida, bino-inshootlarga va texnika vositalariga zarar etmagan. Hodisada hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan.
Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025