Xorazmda kiyim-kechak do‘konlarida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
Hazorasp tumanidagi yong‘in joyiga 13 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan.

Foto: Videodan kadr
Bugun, 14 dekabr kuni soat 03:03 da Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, «Bog‘dor» MFY, E.Gayazov ko‘chasida joylashgan yengil tipdagi konstruksiyadan yasalgan kiyim-kechak do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 13 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:07 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 03:50 da o‘rab olingan va soat 05:00 da bartaraf etildi.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi

19:31 / 18.05.2025