Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeTTB Xorazmda elektr uzatish tarmog‘i qurilishini moliyalashtiradi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 66,4 mln dollarlik qarzi O‘zbekistonning Xorazm viloyatida 230 km uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ini qurishga yo‘naltiriladi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari»ga davlat kafolati ostida 66,4 mln dollar miqdorida kredit ajratmoqda.
Mablag‘lar Xorazm viloyatidagi Sarimoy va Navoiy viloyatidagi Muruntov aholi punktlari o‘rtasida 230 km uzunlikdagi 500 kV elektr uzatish liniyasini qurishga yo‘naltiriladi.
Loyiha energiya tizimidagi «tor joylar»ni bartaraf etishga va elektr ta’minotidagi uzilishlarni, ayniqsa, yuklama eng yuqori bo‘lgan davrlardagi uzilishlar kamayadi. Shuningdek, u bank ko‘magida ishlab chiqilgan O‘zbekiston energetikasini kam uglerodli rivojlantirish strategiyasida ko‘zda tutilganidek, qayta tiklanadigan energiya manbalarining integratsiyalashuviga ko‘maklashadi.
Loyiha tufayli yiliga issiqxona gazlari chiqindilari 4143 tonna va elektr energiyasi yo‘qotishlari 34 636 mVt⋅s ga kamayishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
21:35 / 22.05.2025