Qozog‘istonda qarovsiz qolgan voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari voyaga yetmagan M.B. yurtga sog‘-salomat qaytishi uchun amaliy yordam ko‘rsatishdi.

Foto: "Dunyo" AA
M.B.ning ota-onasi 2024 yil 16 noyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota shahridan Qirg‘izistonga o‘tgan. Biroq ular Qozog‘istonda bo‘lish uchun migratsiya qoidalarini buzganliklari sababli mamlakatga qayta kira olmagan. Ushbu omil sabab ularning Olmaotada qolgan voyaga yetmagan o‘g‘illari qarovsiz qolgan.
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi M.B.ni ota-onasiga qaytarish uchun barcha zarur choralarni ko‘rdi.
Jumladan, bolaning ota-onasiga oid vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida migratsiya politsiyasi vakillari bilan aloqa o‘rnatildi. Fuqarolar huquqlari buzilishi holatlarini aniqlash yuzasidan sud qarorlari olindi.
Shundan so‘ng, M.B.ni vatanga qaytishi uchun guvohnoma rasmiylashtirildi va aviachipta xarid qilindi.
Voyaga yetmagan o‘zbekistonlik Bosh konsulxona xodimlari hamrohligida 20 dekabr kuni Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi samolyotida O‘zbekistonga qaytarildi va ota-onasiga topshirildi.
Mavzuga oid

12:17 / 25.03.2025
Olmaotada yashovchi shaxs advokat sifatida ChatGPT'dan foydalandi va sudda yutib chiqdi

11:34 / 19.03.2025
Olmaotada O‘rol Tansiqboyev asarlarining ko‘rgazmasi ochildi

18:35 / 18.03.2025
Olmaotada «Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» o‘zbek baleti namoyish etildi

17:10 / 07.03.2025