Jahon | 22:19 / 05.01.2025
8482
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada tunets balig‘i 1,3 mln dollarga sotildi

Tokiodagi baliq bozorida o‘tkazilgan kimoshdi savdolarida 276 kilogrammli moviy tunets balig‘i 1,3 mln dollar sotildi. Uni ulgurji kompaniya va restoran birgalikda xarid qildi.

Foto: Kyodo

Tokioning Toyosu baliq bozorida o‘tkazilgan kimoshdi savdolarida 276 kilogrammli moviy tunets balig‘i 207 million iyenaga (1,3 million dollar) sotildi, deb xabar beradi Kyodo agentligi.

Ma’lum qilinishicha, bu 1999 yildan beri qayd etilgan eng yuqori narxdir — 2019 yilda tunets 333 million iyenaga (3,1 million dollar) sotilgan edi.

Kimoshdi savdolarida g‘alaba qozonish uchun uchun «Yamayuki» ulgurji kompaniyasi va Sushi Ginza Onodera restorani birlashgan. Baliq 4 yanvar kuni Aomori prefekturasi shimolida tutilgan.

Mamlakatdagi restoran sohasi vakillari yilning birinchi savdolarida xarid qilingan asosiy lot biznesning muvaffaqiyatli kechishiga ishonadi. Shuningdek, bu eng qimmat baliqni tatib ko‘rish istagida bo‘lgan mijozlarni jalb etishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Tokioda bo‘lib o‘tgan baliq mahsulotlari kimoshdi savdosida moviy tunets balig‘i 20,84 mln iyenaga (202,5 ming dollarga yaqin) sotilgandi.

Фозилбек Юсупов
Tayyorlagan Фозилбек Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid