Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Voronej oblastida migrantlarga yana bir necha sohada ishlash taqiqlandi
Chet elliklar mehnat qilishi taqiqlangan sohalar ro‘yxati kengaytirildi.
Rossiyaning Voronej oblasti gubernatori Aleksandr Gusev bir qator sohalarda migrantlarni ishga joylashtirishga qo‘yilgan taqiqni uzaytirdi va kengaytirdi, deb yozdi «Vesti-Voronej».
Endi xorijliklar kuriyer sifatida, ta’lim va sog‘liqni saqlashda, savdoda yoki kasallarni parvarish qilishda ishlay olmaydi. Ularga, shuningdek, suv ta’minoti kabi resurs sohasida ishlash ham taqiqlandi. Faqatgina istisnolar - yordamchi ishchilar - yuk ko‘taruvchilar, tozalovchilar va farroshlar.
Shu bilan birga, taqiqlangan mehnat turida ishlab kelayotgan migrantlar ishdan bo‘shatilishi yoki boshqa, taqiqlanmagan lavozimlarga o‘tkazilishi lozim.
2024 yil yozida Voronej oblastida migrantlarga transport sohasida – taksi va jamoat transporti haydovchisi sifatida ishlash taqiqlangan edi. Keyinchalik - chakana savdo va ijtimoiy xizmatlarda ham cheklov joriy etildi.
Ilgari migrantlar uchun taqiqlangan ish o‘rinlari ro‘yxati Rossiyaning o‘nlab boshqa mintaqalarida kengaytirildi. Rossiya hukumati «Krokus Siti Xoll»dagi teraktdan keyin migrantlarga nisbatan qattiq cheklovlar joriy qila boshladi.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025