Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning yana bir hududi migrantlar mehnatini chekladi
Chuvashiyada xorijiy fuqarolarga bir qator sohalarda ishlash taqiqlandi.
Rossiyaning Chuvashiya hududi rahbari Oleg Nikolayev 2025 yildan boshlab mintaqada migrantlarning iqtisodiyot muhim tarmoqlarida ishlashi cheklanishi haqidagi farmonni imzoladi, deb yozdi «Kommersant».
Jumladan, xorijiy fuqarolarga alkogol va tamaki mahsulotlarining chakana savdosi, jamoat transporti va taksi, shuningdek, ta’lim, madaniyat, sport va ko‘ngilochar sohalarda ishlash taqiqlandi.
Qayd etilishicha, farmonning imzolanishi migratsiya qonunchiligi sohasidagi huquqbuzarliklarni kamaytirish va rossiyaliklarni ishga joylashtirish masalalarida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Ish beruvchilar 1 aprelgacha chet ellik ishchilar sonini qayta ko‘rib chiqishi va ularni yangi qoidalarga muvofiqlashtirishi kerak.
Qayd etilishicha, «bu taqiq Qozog‘iston, Armaniston, Belarus va Qirg‘iziston fuqarolariga, shuningdek, Rossiyada ruxsatnomasiz ishlash huquqiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarga» taalluqli emas.
Yil boshida Chuvashiya migrantlar mehnatiga deyarli hech qanday cheklovlar bo‘lmagan Rossiyaning 40 ga yaqin mintaqalari qatorida edi. Endi u migrantlar deyarli hech qayerda ishlashi mumkin bo‘lmagan hududlar ro‘yxatiga qo‘shildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025