Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti 5 fevraldan boshlab 4 oyga yopiladi
5 fevraldan boshlab fuqarolar va transport vositalarining harakati “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga yaqin joyda yaqinda ochilgan “Navoiy” chegara bojxona postiga yo‘naltiriladi.
Toshkent viloyatida joylashgan, xalq tilida “Chernyayevka” deb ataladigan “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti 5 fevraldan boshlab 4 oyga yopiladi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, cheklov mazkur postdagi ulkan qurilish va rekonstruksiya ishlarini mantiqiy nihoyasiga yetkazish maqsadida amalga oshirilmoqda. Xususan, postda vaqtinchalik binolarni demontaj qilish, hududni obodonlashtirish, postga tutash hududda zarur infratuzilmani tashkil etish nazarda tutilgan.
“G‘ishtko‘prik” chegara posti orqali harakatlanayotgan fuqarolar va transport vositalarining harakati 2025 yilning 5 fevral kunidan “Navoiy” chegara bojxona postiga yo‘naltiriladi.
Yangidan zamonaviy tarzda bunyod etilgan “Navoiy” chegara bojxona posti ham Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan bo‘lib, “G‘ishtko‘prik” postiga yaqin hudud hisoblanadi.
Qayd etilishicha, jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar va avtobuslar harakati uchun qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Navoiy” chegara bojxona postida yuk avtotransport vositalari harakati cheklanadi.
Mavzuga oid
15:48 / 11.03.2025
Chegara bojxona postlarida pulli navbatsiz o‘tish xizmati yo‘lga qo‘yiladi
19:40 / 05.11.2024
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi 3 ta chegara bojxona postlarida transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi
10:10 / 31.10.2024
O‘zbekistonga zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxs to‘xtatildi
07:35 / 22.08.2024