Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatidagi xonadonlarning birida yirik yong‘in yuz berdi
Viloyat FVB yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmaganini ma’lum qildi.
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yuqori Chirchiq tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 7 fevral kuni soat 16:22 da Yuqori Chirchiq tumani “Iyk-ota” MFY O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 16:29 da yetib borib, alanga soat 16:37 da o‘rab olingan va 16:47 da to‘liq o‘chirilgan.
«Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkentda tikuvchilik korxonasi omborida yong‘in chiqqani, Toshkentda ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025