Jahon | 09:40 / 15.02.2025
2144
3 daqiqa o‘qiladi

Jyey Di Vens AQSh qo‘shinlarining Ukrainaga yuborilishi ehtimolini rad etdi

Jyey Di Vens Amerika qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish imkoniyatini rad etdi. Uning aytishicha, jurnalistlar uning so‘zlarini noto‘g‘ri talqin qilishgan.

Foto: REUTERS

AQSh vitse-prezidenti Amerika qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish imkoniyatini rad etdi. «Prezident Tramp eng katta kelishuv tuzuvchidir va Ukrainadagi urushni tugatish orqali mintaqada tinchlik o‘rnatadi. Har doim aytganimizdek, Amerika qo‘shinlari Amerika manfaatlari va xavfsizligini ta’minlamaydigan joyda hech qachon zarar ko‘rmasligi kerak. Bu urush Rossiya va Ukraina o‘rtasida», deb yozdi u 14 fevral, juma kuni ijtimoiy tarmoqda.

Shunday qilib, Vens u bilan avvalroq The Wall Street Journal (WSJ) tomonidan chop etilgan intervyusini rad etdi, unda Rossiya Ukraina bilan bu mamlakat uchun uzoq muddatli kafolatlar orqali tinchlik shartnomasi tuzishdan bosh torsa, Qo‘shma Shtatlar Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishi va hatto Ukrainaga o‘z harbiylarini yuborishi mumkinligi aytilgan. «Iqtisodiy ta’sir qilish vositalari bor, albatta, Qo‘shma Shtatlar Putinga qarshi qo‘llashi mumkin bo‘lgan harbiy vositalar bor», — deya Venc so‘zlaridan iqtibos keltirgan jurnalistlar.

«WSJ mening so‘zlarimni ushbu maqola uchun qilganidek o‘zgartirgani bema’nilik, ammo ular yillar davomida ko‘proq amerikalik o‘g‘il-qizlarini harbiy formada chet elga jo‘natishga erishish uchun vaqt sarflaganliklarini hisobga olsak, ajablanarli joyi yo‘q», — deb javob berdi Vens The Wall Street Journal nashriga.

Jyey Di Vens: AQSh va Rossiya o‘rtasida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin

Amerika vitse-prezidentining so‘zlariga ko‘ra, AQSh rasmiylari prezident Vladimir Putinni Rossiya jang maydonida emas, balki muzokaralar stolida ko‘proq narsaga erisha olishiga ishontirish niyatida. Vens, shuningdek, tinchlik muzokaralari muvaffaqiyatli yakunlansa, Vashington va Moskva o‘rtasidagi munosabatlar qayta tiklanishi mumkinligini aytdi.

Siyosatchining ta’kidlashicha, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha rejalashtirilgan kelishuv «ko‘pchilikni hayratda qoldiradi». Shu bilan birga, u Tramp muzokaralar davomida muayyan masalalar bo‘yicha o‘z fikrini o‘zgartirishi mumkinligini ta’kidladi.

Bir kun avval Pentagon rahbari Pit Xegset Ukrainaga Amerika qo‘shinlarining kiritilishini rad etgan edi. Shuningdek, u Ukrainani 2014 yilgi chegaralariga qaytarish real bo‘lmagan maqsad ekanini ta’kidladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid