Jahon | 21:44 / 03.03.2025
6879
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya tashqi ishlar vazirining Rossiyaga kirishi taqiqlandi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Yaponiyaning to‘qqiz nafar fuqarosiga, jumladan, tashqi ishlar vaziri Takesi Ivayening mamlakatga kirishini taqiqladi.

Foto: Getty images

Cheklovlar, shuningdek, yapon diplomatlari va Yaponiyaning yirik kompaniyalari rahbarlariga nisbatan ham qo‘llanilgan. Bu kabi choralar Tokioning Moskvaga qarshi sanksiyalariga javob tarzida qabul qilingan.

Rossiyaga kirish taqiqlangan Yaponiya fuqarolari:

  • Yaponiyaning Ukrainadagi elchisi Masasi Nakagome va undan oldin mazkur lavozimda faoliyat yuritgan Kuninori Matsude;
  • Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) katta vitse-prezidenti Syoxeyu Xare, shuningdek, agentlikning Ukrainadagi ofisi rahbari Xideki Matsunage;
  • Qurilish sohasi uchun yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi IHI Corporation kompaniyasi prezidenti Xirosi Ide;
  • ISUZU Motors Limited avtomobilsozlik kompaniyasi prezidenti Sinsuke Minami;
  • Prodrone Co. Ltd prezidenti Syunsuke Toye;
  • Cyberdyne, Inc. robototexnika va texnologiya kompaniyasi prezidenti Yosiyuki Sankayu.

10 yanvar kuni Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarini kengaytirib, 11 nafar jismoniy shaxs, 29 ta tashkilot va uchta bank aktivlarini muzlatib qo‘ygandi. Shuningdek, RFga eksport qilish taqiqlangan tovarlar ro‘yxatiga yana 334 ta mahsulot qo‘shilgan. Moskva Tokioning ushbu harakatlariga qarshi javob qaytarishga va’da bergan edi.

Фозилбек Юсупов
Tayyorlagan Фозилбек Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid