Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Londonda Ukraina xavfsizlik kafolatlarini muhokama qildim
Ukraina prezidenti Yevropa sammitida hamkorlar bilan Ukraina bo‘yicha «xavfsizlik kafolatlari va adolatli tinchlik shartlari»ni muhokama qilganini aytdi. «Biz yaqin kelajakda bir qator muhim uchrashuvlar va qarorlar tayyorlayapmiz», - deya qo‘shimcha qildi u.
Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Yevropa sammitida hamkorlari bilan Ukraina bo‘yicha «xavfsizlik kafolatlari va adolatli tinchlik shartlari»ni muhokama qilganini aytdi. Zelenskiy tegishli xabarni 2 mart, yakshanba kuni o‘zining Telegram-kanalida joylashtirdi.
«Biz yaqin kelajakda bir qator muhim uchrashuvlar va qarorlar tayyorlayapmiz», — dedi u.
AQSh bilan hamkorlik uchun asos tayyorlash
«Biz barchamiz Yevropada chinakam tinchlik va kafolatlangan xavfsizlik yo‘lida Amerika bilan hamkorlik qilish uchun ishonchli asos yaratish bo‘yicha birga ishlayapmiz», — deya qo‘shimcha qildi Ukraina rahbari.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, «Yevropa birligi juda yuqori darajada, bu uzoq vaqtdan beri kuzatilmagan».
Ayni paytda Boltiqbo‘yi mamlakatlari sammitga taklif qilinmagan. Ular buni hech qanday tarzda ochiq tanqid qilishmadi. Biroq, Litva prezidenti maslahatchisi Asta Skaisgiryte-Lyaushkene «bizni Londonga taklif qilishmaganidan norozimiz» deb aytdi, deya xabar beradi AP agentligi.
«Ukrainada barqaror va kafolatlangan tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun barcha do‘stlarimiz va hamkorlarimizdan minnatdorman», — deya xulosa qildi Volodimir Zelenskiy.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025