Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaotada erkak pichoq bilan aeroport xodimiga tashlandi. Uni tanishini kuzatgani kelgan shaxs zararsizlantirdi
Erkak xavfsizlik xodimlari hujjatlarini so‘raganida, pichoq bilan tashlanib qolgan va inspektor ayolni garovga olgan. Qozog‘iston prezidenti uni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaroni mukofotlashni buyurdi.
Qozog‘istonning Olmaota aviatsiya xavfsizligi xizmati xodimiga pichoq bilan tashlanib qolgan erkak qo‘lga olindi, deb xabar beradi Orda.kz.
Qayd etilishicha, voqea 7 mart kuni ertalab parvozdan oldingi tekshiruv hududida sodir bo‘lgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, aviatsiya xavfsizligi xodimlari erkakdan hujjatlarini so‘raganida, u o‘zini «tajovuzkorona tutib, pichoq bilan hujum qilgan».
Erkak inspektor ayolga tashlanib, uning sochlaridan tortgan va pichoq bilan tahdid qilgan.
Aeroport matbuot xizmati avvaliga erkak oradan yetti daqiqa o‘tgach havo bandargohi hududidagi politsiya bo‘linmasi xodimlari tomonidan zararsizlantirilganini ma’lum qildi. Hujum qilgan erkak qo‘lga olingan va transport politsiyasi bo‘linmasiga olib ketilgan.
Keyinroq erkakni qo‘lga olishda aeroportdagi tashrif buyuruvchilardan biri — tanishini reysga kuzatishga kelgan 52 yoshli Muso Abduraim ham ishtirok etgani ma’lum bo‘ldi. Nashrga ko‘ra, u inspektor ayol o‘rniga o‘zini garovga taklif qilgan.
«Abduraim o‘ylab o‘tirmasdan o‘zini garovga olishni taklif qildi, keyin esa u bilan olishib ketdi: pichoqni tutib olib, hujum qilgan shaxsni zararsizlantirdi, keyin esa erkakni polga yotqizdi», — deyiladi xabarda. Shundan keyin politsiya va aeroport xavfsizlik xizmati xodimlari yetib kelgan.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Abduraimni mukofotlashni buyurdi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025