O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qozog‘istonga 2 mlrd kub metrdan ortiq suv yetkazib berdi
O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev Qozog‘iston suv resurslari va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov bilan uchrashdi.

Foto: Kun.uz
"Kazinform" xalqaro axborot agentligining ma’lum qilishicha, tomonlar ikki mamlakat sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish masalasini muhokama qilib, vegetatsiya davriga qadar birgalikda ta’mirlash ishlarini olib borishga kelishib olgan.
"10 yanvar holatiga ko‘ra, Qirg‘iziston va O‘zbekiston tomonidan yuborilgan 2 milliard kub metrdan ortiq suv Chordara suv omboriga kelib tushgan. O‘z navbatida, bu suv Shimoliy Orol va Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatidagi ko‘llariga tushgan", – deb yozgan agentlik.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston delegatsiyasi vakillari O‘zbekiston tomoniga mazkur mamlakat davlat organlari bilan kelishilgan suv taqsimoti to‘g‘risidagi bitim loyihasini topshirgan.
Mavzuga oid

19:45 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov

16:29 / 15.04.2025
Lavrov davlatlarning hududiy yaxlitligi huquqini sharsiz qo‘llamasligini aytdi

17:19 / 11.04.2025
Qo‘shnilarimiz qiynalsa, bir chetda qarab turmaymiz - To‘qayev

16:51 / 11.04.2025