Qozog‘iston banki O‘zbekistondagi loyihalar uchun qo‘shimcha resurslarni jalb qilishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov Qozog‘iston Xalq banki (Halyk Bank) boshqaruvi raisi Umut Shayaxmetova bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo
Unda Halyk Bank bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, amalga oshirilayotgan loyihalarga investorlarni jalb qilish va Qozog‘iston biznes doiralari ishtirokida davra suhbati tashkil qilish masalalari xususida fikr almashildi.
Halyk Bank boshqaruvi raisi Umut Shayaxmetova O‘zbekiston rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi. O‘zbekistondagi yirik investitsiya loyihalarida faol ishtirok etish va qozog‘istonlik investorlarni respublikadagi investitsiya loyihalariga, jumladan, o‘rta va kichik biznes sohalarida jalb etishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
"Qozog‘iston Xalq banki O‘zbekistondagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha resurslarini jalb qilishdan manfaatdor", dedi u.
Tomonlar, shuningdek, joriy yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan yirik iqtisodiy tadbirlarda faol ishtirok etish masalalari xususida ham fikr almashdilar.
Mavzuga oid

21:12
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

19:14
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi

15:39
Fitch Ratings: O‘zbekistonning uchta davlat bankini xususiylashtirish yana kechiktirilishi mumkin

14:22 / 17.04.2025