Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarolarining Slovakiyaga mehnat migratsiyasi tashkil etiladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari va Slovakiya elchisi migratsiyasi va kadrlar tayyorlash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan hamkorlikni rivojlantirishni davom ettirishga kelishib oldi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Olim Abdullayev Slovakiya elchisi Viktor Boretski bilan uchrashdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarining Slovakiyaga mehnat migratsiyasini tashkil etish, ushbu sohadagi qonunchilik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. O‘zbekistondan yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun Slovakiyadan mutaxassislarni jalb etishga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar mehnat migratsiyasi va kadrlar tayyorlash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishni davom ettirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025