Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida aviaqatnovlar tiklandi
Havo qatnovi 2021 yil may oyida to‘xtatilgan edi.

Foto: kaktus.media
14 mart kuni Tojikiston poytaxti Dushanbedan uchgan yo‘lovchi samolyoti Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdagi «Manas» xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.
Bu ikki davlat o‘rtasida deyarli to‘rt yil ichida amalga oshirilgan ilk parvozdir. Bishkekdan Dushanbega parvoz tushdan keyin amalga oshishi kutilmoqda.
Shuningdek, Bishkek-Xo‘jand va Xo‘jand-Bishkek yo‘nalishlari bo‘yicha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi havo qatnovi 2021 yil may oyida to‘xtatilgan edi. Bu chegaradagi qurolli mojarodan keyin sodir bo‘lgan.
Bir kun avval Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Bishkekda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashib, parvozlar tiklanishini ma’lum qilgandi.
Muzokaralar yakunida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi davlat chegarasi to‘g‘risidagi Bitimni imzoladi. Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida ikkita nazorat-o‘tkazish punktining ochilishi ham bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid

17:12 / 14.03.2025
Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyoda yagona vizani joriy etishni taklif qildi

16:58 / 13.03.2025
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralari tutashgan nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolaydi

16:40 / 13.03.2025
Tojikiston va Qirg‘iziston chegara bo‘yicha shartnoma imzoladi, aviaqatnovlarni tiklashga kelishdi

18:01 / 12.03.2025