Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya sudi Google kompaniyasi jarimasini 91 kvintilion rublgacha chekladi
Bu raqam 18 ta noldan iborat va Yer yuzidagi boyliklardan 2 marta ko‘p.
7 mart kuni Moskva arbitraj sudi Google tomonidan Rossiya telekompaniyalari YouTube kanallarini bloklagani uchun to‘lashi kerak bo‘lgan jarimaning ko‘payib borishini chekladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Sud qaroriga ko‘ra, jarima miqdori 2023 yil 18 oktyabrdan ko‘paytirilmasligi kerak — shu kuni Rossiyaning Google MChJ bankrot deb e’lon qilindi va sud qarorini bajarish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Ushbu sanada jarima miqdori 91,5 kvintilion rublni tashkil etdi.
Rossiya sudi 2021 yilda Google kompaniyasini Rossiya telekompaniyalari (jumladan, «Pervyy kanal», VGTRK, NTV va «Zvezda») YouTube kanallarini tiklashni rad etgani uchun jarimaga tortgan edi. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, qaror ijro etilgunga qadar jarima miqdori har hafta ikki barobar oshib boradi. 2025 yil yanvar oyining oxiriga kelib, u ikki duodetsillion rublni tashkil etdi (39 ta noldan iborat raqam).
Yer yuzidagi jami sof boylik salkam 500 trillion dollarga baholanmoqda. Google kompaniyasining Rossiya hukumati oldidagi qarzi bu summadan taxminan 200 ming baravar oshadi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025