Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarada sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etish uchun 50 mln dollar ajratishi mumkin
Qozog‘iston parlamenti Senati O‘zbekiston bilan chegara hududida "Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini qurish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.
"Kazinform" xalqaro axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, sanoat kooperatsiyasi markazi Qozog‘istonning "Atameken" va O‘zbekistonning "Guliston" nazorat-o‘tkazish punktlari yaqinida joylashadi.
Qayd etilishicha, mazkur markaz ishlab chiqarish maydonchalari, omborlar va transport infratuzilmasidan iborat bo‘ladi, bu esa yuk tashishni tezlashtirish, logistika xarajatlarini kamaytirish, ta’minot zanjiri ishtirokchilari sonini qisqartirish, shuningdek, yakuniy iste’molchi uchun mahsulot tannarxini pasaytirish imkonini beradi.
"Markazning umumiy maydoni 100 gektar etib belgilangan. Ushbu hududga mintaqaviy sanoat zonasi maqomi beriladi, – deb yozgan manba. – Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, zarur sarmoyalar taxminan 27 milliard tengeni (taxminan 54 million AQSh dollari) tashkil etadi".
Shuningdek, materialda "Mazkur xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi yangi ish o‘rinlari yaratish, qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini qayta ishlash, farmatsevtika, elektrotexnika, kimyo, charm, to‘qimachilik hamda tikuvchilik sanoatida ishlab chiqarishni rivojlantirishga ko‘maklashadi", – deya deputat Alisher Satvaldiyev so‘zlaridan iqtibos keltirilgan.
Fevral oyi boshida deputatlar "Qozog‘iston Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida "Markaziy Osiyo" sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazi faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqida"gi qonun loyihasini ma’qulladi.
Bundan tashqari, Toshkentda Qozog‘iston, Ostonada esa O‘zbekiston savdo markazlari qurilishi mumkin.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025