O‘zbekiston va Qozog‘iston poytaxtida ikki mamlakat savdo markazlari qurilishi mumkin
O‘zbekiston tomoniga Ostona shahridan yer, xuddi shunday tartibda Toshkent shahridan Qozog‘iston uchun yer ajratish ko‘zda tutilgan.
Toshkentda Qozog‘istonning, Ostonada esa O‘zbekistonning savdo markazi qurilishi mumkin.
"Kazinform" xalqaro axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘istonning Toshkentdagi elchixonasida O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan qozog‘istonlik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili Qozog‘istonning Oqtov shahrida O‘zbekiston mahsulotlarining distribyutorlik markazi ochildi. Mazkur markazi orqali O‘zbekistondan Qozog‘iston bozoriga qishloq xo‘jaligi tovarlari, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilinmoqda. Bundan tashqari, mazkur habdan boshqa mamlakatlarga eksport qilinayotgan O‘zbekiston mahsulotlarini vaqtincha saqlash uchun foydalaniladi.
"O‘tgan yozda Qozog‘istonda hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Ostona shahri hokimi bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik va hamkorlik memorandumini imzoladik. Ushbu hujjatda, O‘zbekiston tomoniga Ostona shahridan yer, xuddi shunday tartibda Toshkent shahridan Qozog‘iston uchun yer ajratish ko‘zda tutilgan. Savdo markazlari ushbu hududlarda qurilishi kerak. Keyinchalik ushbu markazlar orqali O‘zbekiston tovarlarini Ostonada, Qozog‘iston mahsulotlarini esa Toshkentda sotish mumkin bo‘ladi", – deya O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov so‘zlaridan iqtibos keltirilgan maqolada.
Mavzuga oid

10:02
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni Qozog‘istonga tashrif buyuradi

15:00 / 20.04.2025
Qozog‘iston yana o‘z harbiylarini Jo‘lan tepaliklariga yubordi. UNDOF missiyasi o‘zi nima vazifani bajaradi?

19:14 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi

09:20 / 18.04.2025