O‘zbekiston | 08:11 / 12.04.2025
2258
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

Yashnobod tumanidagi podstansiyada transformator yonib ketdi. Yong‘in 14 daqiqada o‘chirilgan.

Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi podstansiyada yong‘in kelib chiqdi.

Poytaxt FVB xabar qilishicha, hodisa 11 aprel kuni soat 13:20 da Mavlono Riyoziy ko‘chasida joylashgan podstansiyada sodir bo‘lgan. Qutqaruv ekipajlari manzilga soat 13:27 da yetib borib, yong‘in soat 13:41 da o‘chirilgan.

Aniqlanishicha, podstansiya hududidagi transformator kabellari yonib zararlan. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘q.

Yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid