O‘zbekiston | 20:45 / 24.04.2025
890
4 daqiqa o‘qiladi

“Geosiyosat” muloqoti. Ekspertlar bilan savol-javob

Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturi ekspertlari Farhod Tolipov va Fazliddin Madiyev jonli efirda xalqaro maydonda kechayotgan jarayonlar haqida tomoshabinlardan kelib tushgan savollarga javob berishdi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Donald Trampning Rossiya–Ukraina urushini yakunlash bo‘yicha rejasi borsida qanday tahlillar mavjud?

Farhod Tolipov: So‘nggi vaqtlardagi tashabbuslar va rejalarning barchasi chala, aniq bir strategiya mavjud emasdek. Vaziyat rostdan murakkab, masalan Ukraina, Rossiya, AQSh vakillari muzokaralar o‘tkazishga harakat qilishyapti, lekin mana, Trampning rejasida ham Ukrainaning hududiy yon berish masalasi bor, xuddi Ukrainaning taqdirini Ukrainasiz hal qilishayotgandek tuyuladi.

Rasmiy Kiyev ishtirok etmagan muzokaralar chala va mukammal bo‘lmagan natijalarni hosil qiladi xolos. Kiyevning so‘nggi bayonoti ham bosib olingan Qrimni Rossiyaniki deb tan olishni rad etadi. Shuning uchun ham diplomatik va strategik nuqtayi nazardan, barcha tomonlarni jalb qilgan holdagina adolatli yechim topish mumkin. Shuning uchun Londondagi uchrashuv ham mukammal natijalar bilan yakunlanmasa kerak.

Eron Isroilni davlat sifatida tan olsa, mintaqada tinchlik bo‘ladimi?

Fazliddin Madiyev: AQSh uchun Yaqin Sharqdagi muammolar hozir ortiqcha, chunki bugungi Vashington tashqi siyosatida ustuvor vazifa – Ukraina masalasini tezroq hal qilib, Xitoy bilan ehtimoliy to‘qnashuvlarga tayyorlanish. Shundoq ham Tramp iqtisodiy tejamkorlik siyosati haqida ko‘p gapiryapti va shu fonda Eron bilan urushga milliardlab sarflamasa kerak.

Undan tashqari, Yaqin Sharqda hozir Turkiya asosiy o‘yinchi va Anqarani hech kim chetga surib qo‘yolmaydi. Tramp va Netanyahu uchrashuvida ham shu narsa sezilgandek, Tramp Oval kabinetida va Netanyahu qarshisida xalifalardan birining iqtibosini keltirib, “men ikki tomonni ham muvozanatda ushlayman” degandek so‘zladi.

Eron faktori – bu Xitoyning ham obro‘yi masalasi. Chunki Xitoyning strategik darajada asosiy eshigi bu Eron.

Hozirgi shakllanayotgan dunyo tartibotida O‘zbekiston nima qilishi kerak?

Farhod Tolipov: O‘zbekiston xalqaro huquqni konstitutsiyada ham ustuvor deb e’tirof etgan, shunday ekan, Toshkent o‘zining xatti-harakatlarida BMT rezolyutsiyalari asosida xalqaro huquqqa asosan yo‘l tutishi kerak.

Kimningdir nayrangiga va bosimlariga qaramasdan, BMT ustuvorligida harakat qilishimiz kerak.

Turkiya uchun AQShning F-35 samolyotlari juda muhimmi? Anqara nega bu uchoqlarga intiladi?

Fazliddin Madiyev: F-35 masalasi Turkiya uchun aslida juda muhim emas, chunki mamlakat o‘zida dunyodagi zamonaviy qurollarni ishlab chiqaryapti. Undan tashqari, Turkiya eng samarali uchuvchisiz moslamalar borasida ham dunyoning yetakchi davlatlaridan biri.

Turkiyaga F-35 harbiy kuch borasidagi balansni saqlab turish uchun kerak. Ya’ni Anqara dunyodagi harbiy jihatdan qudratli davlatlar bilan teng darajadagi qurollarga ega bo‘lishni hoxlaydi. Aslida F-35dan foydalanish ham arzon emas, chunki unga qo‘shimcha yana ikkita qo‘shimcha samolyot uchirilishi kerak.

***

Jonli efir davomida siyosatshunoslar BMTni qanday isloh qilish, Suriyaning Jo‘lan tepaliklarini Isroildan qaytarib olish imkoniyati, yangi dunyo tartibotida turkiylarning o‘rni va shu kabi kuzatuvchilar yo‘llagan savollarga javob berishdi.

Suhbatni to‘liq shaklda Kun.uz'ning YouTube'dagi rasmiy sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Mavzuga oid