Jahon | 12:38 / 19.09.2016
14006
1 daqiqa o‘qiladi

Putinning sobiq tansoqchisi Tula viloyatiga gubernator bo‘ldi

Tula viloyati gubernatorligi uchun saylovda viloyati rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida ishlab kelgan, o‘z vaqtida mamlakat prezidenti Vladimir Putinning tansoqchisi bo‘lgan Aleksey Dyumin barcha ovozlar hisob-kitob qilib bo‘linganidan keyin o‘z siyosiy raqiblarini sezilarli farq bilan ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Tula viloyati MSK xabar bergan.

Aniqlik kiritilishicha, Dyumin 84,17 foiz ovoz to‘plagan. Ikkinchi o‘rinni KPRF partiyasi a'zosi Oleg Lebedev egallagan (7,53 foiz). Uchinchi o‘rinda Oleg Veselov va «Kommunisty Rossii» (3,41 foiz) , to‘rtinchi o‘rinni «Rossiyskoy partii pensionerov za spravedlivost» vakili Nikolay Ogoltsov (2,92 foiz) band etgan.

Saylovda davomat 45,5 foizni tashkil qilgan.

Mavzuga oid