Jahon | 23:23 / 17.11.2016
13105
3 daqiqa o‘qiladi

Nima uchun Hindiston yirik banknotalarni bekor qilmoqda?

Foto: © AFP

Aftidan Hindiston bosh vaziri Narendra Modi "Jayn nazariyasi"ni amalda sinab ko‘rishga qaror qilgan ko‘rinadi. Bu oyda Modi boshchiligidagi mamlakat hukumati tub pul islohotini o‘tkazdi va yuqori nominalli ikki banknotani muomaladan chiqarib tashladi. Mamlakat fuqarolariga 30 dekabrga qadar yirik pullarni bank hisobiga qo‘yish yoki nisbatan mayda banknotalarga almashtirish tavsiya etildi. Financial Times shu haqida ma'lumot berdi. 

Hukumat g‘oyasiga ko‘ra, 500 va 1000 rupiylik banknotalarni bekor qilish poraxo‘rlar va soliqdan bo‘yin tovlovchilarni "suv yuzasiga" chiqarishi kerak. Bugungi kunga kelib, bu Modining korrupsiya bilan kurash doirasidagi eng agressiv qadamidir. 

Bundan tashqari, bunday chora jismoniy aktivdan rasmiy moliyaviy aktivlar - oltin va ko‘chmas mulkka o‘tish jarayonini tezlashtirishi lozim. Kotak Institutional Equities ma'lumotlariga ko‘ra, bu yil ularning hissasiga aholining 58 foiz omonati to‘g‘ri kelgan, uch yil avval esa bu ko‘rsatkich 68 foizni tashkil qilgan. 

Aholining jismoniy aktivlarga bunday bog‘lanib qolganligini qisman ildiz olgan an'analar va inflyatsiyadan doimiy qo‘rqib yashash bilan izohlash mumkin. Biroq shunisi ham muhimki, oltin va ko‘chmas mulk bozorlaridagi bitimlarning ulkan qismi naqd pullar orqali amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda, bu aktivlar - pul "shilish"ning qulay usuli. 

Ambit Holdings institutsional bo‘lim boshlig‘i Saurab Mukerjining aytishicha, aynan shu sababli Hindiston YaIMning taxminan uchdan bir qismini tashkil qiluvchi yuqori darajali omonatidan daromad ololmaydi. 

"Rasmiy moliyaviy institutlar tomon muhim siljish kapital jalb qilish bahosini sezilarli darajada qisqartirish va "global istiqbolda yanada raqobatbardosh iqtisodiyot"ni yaratish imkonini beradi", - deydi Mukerji. 

Emkay Research tahlilchilarining fikricha, jarayon boshlangan. Ular uchinchi chorakda oltinga bo‘lgan talabning 18 foizga tushishini kutishmoqda. 

Modi yangi islohoti e'lon qilinganining ertasiga hind quruvchi kompaniyalarining aksiyalari tushib ketgan - investorlar naqd pulga amalga oshiriladigan bitimlar sonining keskin kamayib ketishidan cho‘chishgan. 

Bunday ishonchli qadam hukumatning bozor nazoratini kuchaytirish istagini aks ettiradi. 

 

Mavzuga oid