Fan-texnika | 16:51 / 07.02.2017
16080
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung noodatiy smartfonga patent oldi

Samsung kompaniyasi ikkiga buklanuvchi smartfonga yangi patent oldi. Qurilma oshiq-moshiqli konstruksiyaga ega, deyiladi Amerika patent idorasiga kelib tushgan murojaatda.

Oddiy buklanuvchi telefonlarda ikkita alohida qism bor. Ulardan birida ekran o‘rnatilgan bo‘lsa, boshqasida - klaviatura.

2015 yilning 9 iyun kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan konstruksiya bitta katta ekranni nazarda tutadi. Uning pastida oshiq-moshiqli mexanizm bo‘lib, u qurilmani ikkita buklash imkonini beradi.

Oshiq-moshiqli uskuna ancha batafsil ko‘rsatib berilgan.

Ma'lumot uchun, Samsung o‘ta ingichka smartfon ishlab chiqarish bilan bir necha yildan beri shug‘ullanadi, biroq haligacha bunday uskunaning to‘liq nusxasini ko‘rsatmagan. Xuddi shunday gadjyetlarni LG, Lenovo va boshqa texnologiya kompaniyalari ham ishlab chiqishga harakat qilmoqda. Ehtimol, ulardan biri MWC 2017’da taqdim etilar.

 

Mavzuga oid