Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada noma'lum shaxs bolta bilan odamlarga hujum qildi
Germaniyaning Dyusseldorf shahri temir yo‘l vokzalida noma'lum shaxs bolta bilan kishilarga hujum qildi, natijada bir necha inson jarohat oldi, deb xabar bermoqda Die Welt mahalliy politsiyaga asosan.
Ta'kidlanishicha, bekatga maxsus topshiriqli guruh yetib kelgan, shundan so‘ng vokzal o‘rab olindi. Bundan tashqari, vokzal binosi ustida politsiya vertolyoti uchib yurgan.
Bir necha OAV taxminaga ko‘ra, jinoyatchi huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olindi.
Ayni damda hujum qilgan kishining shaxsi, bunga nima sabab bo‘lgani va qancha kishi jarohat olgani noma'lum.
Hodisaga guvoh bo‘lganlar so‘zlariga ko‘ra, perronda yerda qonga belanib yotgan kishilar bo‘lgan.
Ma'lumot uchun, o‘tgan yilning oktabrida yosh yigit Minsk markazidagi “Yevropa” savdo markazi xodimlariga bolta va arra bilan hujum qilgandi. 3 mart kuni Minsk shahar sudi hujum uyushtirgan yigitni 15 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi.
Mavzuga oid
12:55 / 06.03.2024
Qoraqalpog‘istonda mast erkak maktabga bolta ko‘tarib keldi
07:58 / 20.01.2018
Dovul vaqtida samolyotning mohirona qo‘ndirilishi internet ahlini lol qoldirdi (video)
16:20 / 27.11.2017
Avtobus bekatida dam olib o‘tirgan pensioner jarimaga tortildi
10:27 / 10.03.2017