Jamiyat | 19:52 / 10.04.2017
6549
2 daqiqa o‘qiladi

Pastdarg‘omda deputat ko‘magida boks murabbiyi ishli bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Azamat Pardayev hamda tuman Kengashi deputatlari M.Pardayev, A.Ismatullayev, V.Karimovlar birgalikda Pastdarg‘om tumanining “Quqoni”, “Jag‘alboyli”, “Qorovultepa”, “Qorag‘uppa” MFY hududidagi aholi bilan muloqotlar o‘tkazib, atrofdagi idora va tashkilotlarning faoliyatiga alohida e'tibor qaratildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hududdagi 20-umumta'lim maktabning fasad qismidagi deraza romlari eskirganligi, mavjud sport zalining nostandart, xashar yo‘li bilan qurilganligi sababli rekonstruksiya qilishga muhtojligi kuzatildi. 43-MTM binolari ham kapital ta'mir holatiga kelib qolganligi, mebel va yumshoq jihozlar bilan ta'minlanish ehtiyoji mavjudligi aniqlandi. Mazkur masalalarning yechimi yuzasidan Davlat Dasturiga kiritish yuzasidan takliflar berish ko‘zda tutildi.

Jag‘alboyli” MFYda tashkil etilgan “O‘zbekiston yo‘lbarslari” boks klubida shug‘ullanayotgan 50 dan ortiq yosh sportchilar faoliyati ham deputat A.Pardayev tomonidan o‘rganildi. Klub murabbiyi Baxtiyor Abdurahmonov bir yil davomida maosh olmasdan xizmat qilayotganligi va klub faoliyat yuritishi uchun tegishli tashkilotlardan rasmiylashtirilmaganligi aniqlandi. Natijada klub murabbiyi Baxtiyor Abdurahmonov Pastdarg‘om tumani 1-son BO‘SM ga ishga joylashtirildi va klub hujjatlari rasmiylashtirilib olindi.

Deputatlar tumandagi boshqa mahallalarga ham tashrif buyurishib, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar olib borishmoqda. 

Mavzuga oid