Jamiyat | 23:15 / 18.05.2017
43033
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda tunnel ichida «Lacetti» avtomobili yonib ketdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Voditeli Tashkenta» jamoatchilik guruhidagi postlardan birida, shuningdek, «Telegram» messenjeridagi turli kanallarda xabar berilishicha, Ganga ko‘prigidan tushib, Toshkent sirki ostidan o‘tuvchi va Bunyodkor ko‘chasiga olib chiquvchi yer osti yo‘lida «Lacetti» avtomobili yonib ketgan.

Avtomobilning yonishi tufayli yer osti yo‘lida avtomobillarning ulkan tirbandligi hosil bo‘lgan.

Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» jamoatchilik guruhi a'zolaridan biri «Lacetti 1.8» avtomobili yonganligi, egasi tirik ekanligini, yong‘inga sabab qilib mashina kapoti ostidagi elektr simlarida qisqa tutashuv yuz bergani, bu qisqa tutashuv qo‘lbola o‘rnatilgan musiqiy markaz simlaridan bo‘lish mumkinligi, chunki mashina yukxonasida sabvufer ko‘zga tashlanib turgani haqida izoh qoldirgan. 

Jonsarak avtomobil egasi yong‘inni o‘t o‘chirish moslamasi bilan o‘chirishni uddalay olmagach, havoni tozalovchi vositani ham sepib ko‘rgani tilga olinadi. Yo.B o‘zining 4 kiloli o‘t o‘chirish moslamasini keltirganida mashina yaxshigina alanga iskanjasida qolgani va uni o‘chirishning iloji bo‘lmaganini ta'kidlaydi.

Shuningdek, izoh egasi haydovchilarga o‘z avtomobilida shunchaki «gaiko‘rsin»ga emas, ishonchli o‘t o‘chirish moslamasi olib yurish kerakligini ta'kidlaydi.

Mavzuga oid