Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung shu haftada yangi "taxlama" smartfonni taqdim etadi
Samsung Electronics Co korporatsiyasi shu haftada yangi Galaxy Folder 2 "taxlama" smartfonini taqdim etishi haqida ma'lum qildi. Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi shu haqida xabar berdi.
Galaxy Folder 2 dizayni avvalgi modellardan katta farq qilmaydi. Smartfon Android 6.0 platformasida hamda 8 va 5 megapikselli frontal kameralar bilan ishlaydi. Model tashqi displey bilan ta'minlanmagan, shunday ekan, xabarlarni tekshirish yoki kiruvchi qo‘ng‘iroqlar haqida ma'lumot olish uchun smartfonni ochishga to‘g‘ri keladi. Shunday bo‘lsa-da, ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, ekran va klaviaturadagi harakatlarni uyg‘unlashtirish imkoni tufayli qurilmadan foydalanish ancha qulay bo‘ladi.
"Foydalanuvchi 96,6 mm'li displeyda surat yoki videoni ko‘rib turib, bir vaqtning o‘zida turli funksiyalarni faollashtirishi mumkin", - deyiladi ma'lumotda.
Qurilmadan ajratish mumkin bo‘lgan akkumulyator sig‘imi 1,950 mAs'ni tashkil qiladi. Ishlab chiqaruvchilar keksa kishilarning ehtiyojlarini inobatga olib, ringtonlarni "juda baland tovushli" qilishdi.
Galaxy Folder 2 ikki xil - qora va qizil ranglarda taqdim etiladi. Uning narxi - 260 dollar atrofida. Yonhap agentligiga ko‘ra, yangi smartfon Janubiy Koreya do‘konlarida juma kuniyoq paydo bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot
19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi
17:50 / 28.03.2025