Jamiyat | 15:00 / 20.07.2017
17659
2 daqiqa o‘qiladi

Olmazor tumanida «Imom Termiziy» jome masjidini qayta qurish boshlandi

Islom madaniyati rivojiga hissa qo‘shgan Abu Iso Termiziy va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi. 

Kecha ana shunday ulug‘ alloma nomi bilan ataluvchi, azim poytaxtning  Olmazor tumanida joylashgan «Imom Termiziy» jome masjidiga birinchi g‘isht qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchilik ulamolar, masjid qavmi va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Muftiy hazratlari qurilayotgan masjid qiyomatgacha xizmat qilishini niyat qilib, birinchi g‘ishtni qo‘yib berdilar. Shuningdek, nuroniylar va ezgu niyatda yig‘ilgan qalbi pok insonlar ham birin-ketin poydevorga g‘isht qo‘ydilar.

Ma'lumot uchun, joriy yilning 21 aprel kuni Prezident Olmazor tumaniga qilgan tashrif chog‘ida ushbu jomeni ko‘zdan kechirib, uni qaytadan qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edilar.

Suratlar: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Mavzuga oid