O‘zbekiston | 16:31 / 23.12.2017
25212
1 daqiqa o‘qiladi

Vazirlar Mahkamasi Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga oid qaror chiqardi

Foto: Turin politexnika universiteti

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi ehtiyojlari uchun «Aviakosmik injiniring» yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi.

19 dekabr kuni O‘zbekiston hukumati «Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida aviakosmik injiniring sohasidagi kadrlar tayyorlashni tashkil etish to‘g‘risida» qaror chiqardi.

Qaror matnida ta'kidlanishicha, universitet 2017/2018-o‘quv yilining ikkinchi semestridan boshlab «Mashinasozlik texnologiyasi» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatning uchinchi bosqichi asosida yangi yo‘nalishda talabalar guruhi tayyorlashni boshlaydi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining korxonalari bazasi yangi yo‘nalishdagi talabalar uchun laboratoriya bazasi va malaka amaliyotini o‘tash bazasi bo‘lib xizmat qiladi.

Mavzuga oid