Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Baron-2»da chet ellik aktyorlar ishtirok etadi
«O‘zbekkino» Milliy agentligi qoshidagi Badiiy kengash a'zolarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibidan jami 7 ta masala o‘rin oldi.
Ulardan biri mualliflar Madina Mo‘minova va Rustam Sa'diyevning «Baron-2» nomli ikki qismli badiiy filmiga mo‘ljallangan adabiy ssenariy loyihasi taqdimoti bo‘ldi.
Qayd etilishicha, «Baron-2» filmi loyihasiga chet ellik taniqli kinoaktyorlar jalb etilmoqda, filmning o‘zini esa bir qator xorijiy mamlakatlar hududida tasvirga olish ko‘zda tutilmoqda.
Rejissyor Rustam Sa'diyev mazkur loyiha ilk «Baron» filmi kabi tomoshabinlar ko‘nglidan joy olishiga va xalqaro miqyosda ham nom qozona olishiga umid bildirdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur loyiha uchun Buyuk Britaniya, Ispaniya, Rossiya, Turkiya, Ozarboyjon, Suriya, Qozog‘iston va Tojikiston kabi davlatlardan aktyorlar taklif etilishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
18:01 / 01.11.2022
O‘zbek kinoijodkorlari Turkiyada
15:21 / 23.11.2021
«Hech qanday muammo yo‘q» - «O‘zbekkino» «Osmondagi bolalar 3» filmi bo‘yicha Zulfiqor Musoqovning e'tirozlariga javob berdi
16:50 / 21.04.2021
Samarqandda kinoteatr qurish sharti bilan 25 sotix yer imtiyozli tarzda beriladi
12:48 / 20.10.2020