Moskva yaqinida qulagan An-148 ning «qora quti»si topildi
«Saratov avialiniyalari» kompaniyasining Moskvadan Orskka yo‘l olgan va Moskva yaqinida halokatga uchragan An-148 yo‘lovchi samolyotining «qora quti»si halokat joyidan topildi.
Rosaviatsiya xabariga ko‘ra, «Saratov avialiniyalari»ga tegishli samolyot «Domodedovo» aeroportidan ko‘tarilganidan keyin 4 daqiqa o‘tib, radarlardan yo‘qolgan. Ushbu samolyot Moskva viloyati hududida, Ramensk tumani hududida, aeroportdan 35 kilometr masofada qulagan.
Ushbu samolyotdagi 71 kishi halok bo‘lgan, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra qurbonlar orasida 3 bola ham bor edi, shuningdek, Shveytsariya va Ozarboyjon fuqarolari bo‘lgan.
Ayni vaqtda ikkinchi «qora quti» qidirilmoqda. Voqea joyi o‘rab olingan, samolyot qulab tushgan joyda 532 kishi ish olib bordi, qidiruv ishlariga 100dan ortiq texnika jalb etildi.
YouTube portalida samolyot yerga qulagan va portlab ketgan vaziyat tasvirga olingan video paydo bo‘ldi. Videoning 26-soniyasida portlash ro‘y beradi, keyin hudud ustida quyuq tutun ko‘tariladi.
Mavzuga oid
14:01 / 15.11.2024
Lavrov samolyotiga xorijda yonilg‘i quyishdan bosh tortishayotganidan shikoyat qildi
11:47 / 13.11.2024
Moskvada chaqiriluvchilarga Rossiyadan chiqib ketish taqiqlangani haqida xabar berildi
21:10 / 10.11.2024
Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
12:02 / 02.11.2024