O‘zbekiston | 17:35 / 19.03.2018
11769
1 daqiqa o‘qiladi
Xorazmda yana bitta masjidni qayta qurish ishlari boshlandi
Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi «Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy» masjidining yangidan qurilayotgan binosiga O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tamal toshi qo‘yildi. Bu haqda vakillik xodimi Kun.uz'ga xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, mazkur qurilish O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2017 yil 27 iyul kungi 970-sonli xatiga asosan, viloyat hokimligi bilan muvofiqlashtirilgan holda boshlab yuborildi.
Masjidda qurilish ishlari homiylar va masjid qavmi tomonidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Ma'lumot uchun, ayni kunlarda Urganch shahridagi «Oxun bobo» masjidini ham qayta qurish ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
20:29 / 22.11.2024
Xorazmga 2025 yilda 1,5 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirildi
18:04 / 18.11.2024
Urganch shahriga 50 ta zamonaviy avtobus keltirildi
12:07 / 09.11.2024
Xorazmda mevaga kira boshlagan intensiv bog‘ buzib tashlandi
10:50 / 28.10.2024