Jahon | 18:00 / 26.03.2018
19470
1 daqiqa o‘qiladi

Kemerovoda 3 kunlik motam e'lon qilindi

Foto: OldLentach

Kemerovo oblasti gubernatori Aman Tuleyev 25 mart kuni Kemerovo shahridagi «Zimnyaya vishnya» savdo markazida ro‘y bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga 3 kunlik motam e'lon qildi.

«Motam 27, 28 va 29 mart kunlari bo‘ladi», deyilgan matbuot xizmati xabarida.

Ayni vaqtga kelib fojia qurbonlari soni 64 nafarni tashkil etmoqda, ularning aksari bolalardir. Yana o‘nlab kishilar bedarak ketgan deb hisoblanmoqda. Qurbonlarning shaxsini aniqlash ishlari davom etmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in bolalar uchun o‘yinlar bo‘limida boshlangan. Olov tez tarqalgan va 3-4 qavatlarni tutun qamragan. Signalizatsiya ishlamagan, tashrif buyuruvchilarning ko‘pchiligi bino ichida qamalib qolgan.

Ushbu hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ish doirasida o‘nga yaqin kishi qo‘lga olingan.

Mavzuga oid