Jahon | 08:22 / 02.04.2018
6130
1 daqiqa o‘qiladi

Jon Sallivan AQSh davlat kotibi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Foto: AP/Richard Drew

AQSh davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Jon Sallivan 1 aprelda davlat departamenti rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi. U bu lavozimni AQSh senati Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq rahbari Maykl Pompeoni davlat kotibi etib tasdiqlamaguncha egallaydi. 

AQSh diplomatiyasining endilikda sobiq rahbari Reks Tillerson AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan 13 martda iste'foga chiqarildi. O‘shandayoq Tramp Pompeoni bu lavozimga taklif qilgan. Pompeoning davlat kotibi lavozimiga tayinlanishi jarayoni aprelda senatning tashqi ishlar qo‘mitasida bo‘lib o‘tadi. Agar qo‘mita uning nomzodini qo‘llab-quvvatlasa, undan keyin unga kongressning yuqori palatasi ovoz berishi kerak bo‘ladi. 

Mavzuga oid