O‘zbekiston | 00:56 / 09.04.2018
7164
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bioklinik markaz tashkil qilish taklif etildi

9 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvi chog‘ida O‘simlik moddalari kimyosi instituti va umuman farmatsevtika yo‘nalishi bo‘yicha ishlaydigan olimlar nomidan O‘zbekistonda JLP-bioklinik markazini tashkil qilish taklifi berildi. Shunda bu yo‘nalishda olib borilayotgan izlanishlar yanada samaraliroq bo‘lishi ta'kidlandi. 

"Fanlar Akademiyasi jihozlarini yangilab berish"ga doir qaroringizga muvofiq, 32 million dollar ajratilishining o‘zi bu sohada qo‘yilgan birinchi katta qadam. Yangilangan jihozlarda amalga oshiriladigan izlanishlarning natijalari bizning imkoniyatlarimizni yanada kengaytirib beradi", - deya fikr bildirishdi O‘simlik moddalari kimyosi instituti vakillari. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev dori vositalari ishlab chiqarish uchun talab etiladigan yarim sanoat qurilmasini yaratishda zarur mablag‘lar manbasi bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga topshiriq berdi va bu taklifning kelgusida ishlab chiqiladigan katta qarorga kiritilishini qayd etdi. 

Mavzuga oid