Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saloh Angliyada yil futbolchisi bo‘ldi
«Liverpul» yarim himoyachisi Muhammad Saloh Angliya Premer-ligasining joriy mavsumi yakunlariga ko‘ra Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) tomonidan eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
APLning joriy mavsumida ushbu futbolchi 33 o‘yinda maydonga tushib, 31 gol urgan va 9 golga uzatma bergan.
«Bu men uchun katta sharaf. O‘zimni baxtiyor his qilmoqdaman. Men butun mavsum davomida qattiq mehnat qildim. Bu nufuzli sovrinni qo‘lga kiritganimdan juda ham xursandman», — degan Saloh taqdirlash marosimidan keyin.
Ushbu mukofot uchun Salohdan tashqari Kevin De Bryuyne («Manchester Siti»), David de Xea («Manchester Yunayted»), Harri Keyn («Tottenhem Hotspur»), Leroy Sane («Manchester Siti») va David Silva («Manchester Siti») ham da'vogarlik qilgandi.
Mavzuga oid
17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
14:29 / 11.04.2025
«Liverpul» Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirdi
09:43 / 28.04.2024
Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish
08:52 / 19.10.2023